Eng dolzarb

Qozog‘istonda hujjati bo‘lmagan migrantlardan mamlakatni tark etish so‘raldi

Migratsiya agentligi ushbu mamlakatga ishlashga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

Qozog‘istonda hujjati bo‘lmagan migrantlardan mamlakatni tark etish so‘raldi

 

Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet davlatlar fuqarolaridan 2023 yil 10 noyabrdan 21 noyabrgacha mamlakat chegarasida hujjatlarsiz, yaʼni hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishini so‘radi mazmunidagi xabarlar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu xabarlarni rad etgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi bildirgan.

 

«Qozog‘iston hukumatining 2022 yil 31 dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. Ammo, umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, yaʼni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turish mumkin emas», — deya agentlik eslatib o‘tgan.

 

Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, uch oygacha bo‘lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"