O'zbekiston

Surxondaryoda ichimlik suvi loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi

Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, “obi hayot” yo‘lini ochdi.

Surxondaryoda ichimlik suvi loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi

 

2021 yilda Termizda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoga alohida to‘xtalgan edi. O‘sha paytda hududda markazlashgan tarmoqlar orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 60 foiz atrofida edi.

 

Prezidentimiz bu borada “To‘palang” suv ombori ulkan va toza manba ekanini ta’kidlab, uni aholiga yetkazish bo‘yicha loyiha tayyorlash vazifasini qo‘ygan edi.

 

Haqiqatan ham, bu havzaga suv tog‘lardagi qor va muz erishidan yig‘iladi. Tekshiruvlarga ko‘ra, bu suvning qattiqlik darajasi 4 foiz, foydali minerallarga boy va musaffo. Bundan foydalanib, Surxondaryo aholisi uchun muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirilmoqda.

 

Loyiha doirasida suv omboridan to Termiz shahrigacha 380 kilometr metall quvurlar tortiladi. Uning 159 kilometri magistral, 221 kilometri shahar va tumanlarni bog‘lovchi ichki tarmoqlardir. Shuningdek, suv tozalash, bosimni kamaytirish va suv yig‘ish inshootlari quriladi. Bugungi kunda 147 kilometr quvur tortib bo‘lindi. Suv tozalash, bosimni kamaytirish va 5 ta suv yig‘ish inshooti barpo etildi.

 

16 noyabr kuni Sariosiyo tumani “Bog‘iston” mahallasida ushbu loyihaning birinchi bosqichini ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, “obi hayot” yo‘lini ochdi.

 

Mazkur bosqichda suv Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlariga yetib bordi. Viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70 foizga yetdi. 

 

Yana bir muhim jihati, suv o‘z oqimi bilan tushishi tufayli 8,6 million kilovatt/soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi. 

 

Loyihaning ikkinchi bosqichida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 90 foizga yetkaziladi. Bundan Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 2 millionga yaqin aholi bahramand bo‘ladi. Loyihani 2024 yilda nihoyasiga yetkazish mo‘ljallangan.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"