O'zbekiston

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoniga qarshi milliy dastur yaratiladi

Saida Mirziyoyeva barchani ushbu kasallik haqida o‘z bilimlarini oshirishga chaqirdi.

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoniga qarshi milliy dastur yaratiladi

Bachadon bo‘yni saratoni kasalligi – global muammo va O‘zbekiston ham bundan chetda qolmagan. Ushbu kasallik bilan kurashishda chala-chulpa harakatlar hech qanday natija bermaydi.

 

Bugun – Bachadon bo‘yni saratoniga qarshi harakatlar kunida O‘zbekistonning ushbu kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish bo‘yicha intilishlarini yana bir bor ta’kidlashni istardim. BMT Global qo‘shma dasturi yordamida biz yurtimizdagi har bir ayolning salomatligini asrash uchun jiddiy harakat qilishimiz lozim. Tashxis qo‘yish, davolash va palliativ yordam ko‘rsatishga qodir barqaror sog‘liqni saqlash tizimini yaratishimiz kerak.

 

Ijtimoiy sohaga mas’ul jamoamiz bilan yangi milliy dasturni yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Nihoyat, yurtimizning har bir burchagidagi ayollarga tashxis qo‘yish va davolash uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

 

Men bu dardning oldini olish, o‘z vaqtida davolash uchun barchani ushbu kasallik haqida o‘z bilimlarini oshirishga chaqiraman.

 

Sa’y-harakatlarimiz xalqaro hamkorlarimizning beqiyos madadidan kuch olmoqda. Birgalikda biz bu baloni yengamiz!

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"