Sport

“Real Madrid” “kasalxonasi”

Oxirgi vaqtlarda klubning bir nechta asosiy futbolchilari jarohat oldi.

“Real Madrid” “kasalxonasi”

Ayni vaqtda "Real Madrid" o‘zining eng yomon damlarini boshdan kechiryapti. Asosiy tarkibdan 8 nafar futbolchi jarohat tufayli maydonni tark etdi. Shu sababdan klub ichida o‘zgarishlar ro‘y berdi.

 

Madrid kasalxonasida bir qator yulduz futbolchilar davolanmoqda. Darvozabon Tibo Kurtua avgust oyida mashg‘ulotlarda jarohat olgan, ijaraga olingan Kepa Arrizabalaga esa noyabr oyida Chempionlar ligasi doirasida «Braga» bilan o‘yin oldidan o‘ng qo‘l mushaklarini jarohatlagan edi. Himoyachi Eder Militao Primeraning 1-turida “Atletik”ga qarshi o‘yinda maydonni erta tark etgandi. Yarim himoyachi Aureliyen Tchouameni chap oyog‘idagi jarohat sabab, Eduardo Kamavinga esa tizzasining tashqi tayanch bog‘lami yorilishidan aziyat chekmoqda. Ikkalasi ham 2023 yil oxirigacha barcha o‘yinlarni o‘tkazib yuborishadi.

 

Jud Bellingem ham yaqinda jarohat sabab «Valensiya» bilan uchrashuvni o‘tkazib yubordi, Vinitsius Junior esa Braziliya terma jamoasi uchun o‘yinda tizzasidagi jarohati yana qaytalandi. Shuningdek, Arda Guler ham jarohatlari tufayli yangi jamoasida hali debyut o‘tkaza olmaydi. "Real Madrid"da bosh shifokor Niko Mixichning bo‘shatilishiga ham aynan Guler sabab bo‘lgan.

 

Xorvatiyalik shifokor Madrid klubiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan edi. Ilgari u xususiy ispan klinikasida direktor lavozimida ishlagan. Mixich “Real” prezidenti Florentino Peres va xorvatiyalik futbolchilar Luka Modrich va Mateo Kovachich bilan yaqin edi. Faqat 2017 yilga kelib u klubda rasmiy lavozimga ega bo‘lgan.

 

Baʼzi o‘yinchilar Mixichning usullarini shubha ostiga qo‘yishdi, lekin u va fitnes murabbiyi Antonio Pintus doimiy ravishda “Real” futbolchilarini eng katta o‘yinlarda yuqori formaga keltirishdi. Biroq, 2022/2023 yilgi mavsumda bir qator muammolar boshlandi. Misol uchun, bu Karim Benzema, David Alaba va Dani Seballos bilan sodir bo‘ldi.

 

Gulerga nima bo‘ldi?

 

Turk futbolchisi yozda kichik jarohati bilan “Real”ga o‘tdi. Guler va uning jamoasi mavsum avvalida Amerika Qo‘shma Shtatlarida mashg‘ulot o‘tkazdi va futbolchi texnikasi bilan atrofdagilarni xursand qildi. Ammo Ardaning ahvoli yaxshilanmadi. Ikki hafta davomida tibbiyot xodimlari operatsiya qilish yoki konservativ davolanishni davom ettirish haqida qaror qabul qilishdi. Mixich jarrohlik amaliyotiga qarshi edi. Ammo boshqa shifokorlar uni o‘tkazish kerakligini aytishdi. Oxir-oqibat, klub bayonotida Gulerning qaytishi uchun taxminiy vaqt - olti-sakkiz hafta deb eʼlon qilindi. Sentyabr oyida Guler mashg‘ulotlarga qaytdi. «Las-Palmas» bilan o‘yin oldidan Karlo Anchelotti Ardani tarkibga kiritishini takidlagandi. Ammo o‘yindan bir kun oldin futbolchida yangi jarohat paydo bo‘ldi. Noyabr oyida Arda «Braga» bilan Chempionlar ligasi o‘yini uchun tarkibga kiritildi, ammo maydonga tushmadi. Bir hafta o‘tgach, yangi jarohat maʼlum bo‘ldi. "Real Madrid" bundan buyon vunderkindning qaytish vaqtini aytmasligini maʼlum qildi. Klub vaziyatdan xavotirda, ammo jamoa futbolchiga ishonadi va uning to‘liq tuzalib ketishini kutmoqda. Guler bilan bog‘liq muammolardan so‘ng Mixich ishdan bo‘shatildi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Real Madrid” “kasalxonasi” | Zamon.uz