Jahon

Yaqin Sharq inqirozi: Tarix takrorlanadimi?

Arablar G‘arbni bo‘ysundirish uchun neftga embaro qo‘yishi mumkin.

Yaqin Sharq inqirozi: Tarix takrorlanadimi?

 

Yarim asr avval arab davlatlari Isroil bilan mojaroga borganida AQSH yosh mamlakatni qo‘llab-quvvatlagan edi. Bunga javoban arablar G‘arbga qarshi neft embargosini joriy qilgani o‘shandagi global iqtisodiyotni izdan chiqarib yuborgan. Yana roppa-rosa 50 yil o‘tib tarix takrorlanmoqda. Isroil o‘zini jabrdiyda deb atamoqda, AQSH unga yordam bermoqda, arablarning esa jahli chiqqan. Bu safar ham ish embargogacha boradimi?

 

Agar shunday bo‘lsa, jahon chuqur iqtisodiy inqirozga yuz tutadi. Shundoq ham koronavirus pandemiyasidan keyingi inflyatsiya, G‘arbning Xitoy bilan savdo urushi, Rossiya va Ukraina mojarosi fonida Yevropaning tinkasi qurib bormoqda.

 

Xalqaro energetika agentligi rahbari Fatih Birol bu boradagi taxminlarini quyidagicha izohladi:

 

- 50 yil avvalgi Yaqin Sharq inqirozi va hozirgisi o‘xshash, ammo asosiy farqli jihatlari ham bor. Jahon iqtisodiyoti 70 yillardan beri juda o‘zgargan. Hozirgi dunyo 50 yil avvalgisidan ko‘ra inqirozlarga yaxshiroq tayyorlangan, biror nima yuz bersa, biz qayerga qochish va nima qilish kerakligini bilamiz.

 

Hozircha mojaroning ikkala tarafidagilar ham embargo haqida og‘iz ochmagan. Saudiya Arabistoni vaziri Xolid al-Fatixdan "neft quroli"dan foydalanish haqida so‘rashganida u "Hozircha bu haqda o‘ylamayapmiz. Saudiya Arabistoni tinch muzokaralar orqali tinchlikka erishmoqchi", - deb javob berdi.

 

11 noyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari sammitida ham hech kim embargoni tilga olmadi.

 

Eron oliy rahbari Oyatullo Ali Hamenaining Isroilga neft yetkazishga cheklov qo‘yish haqidagi so‘zlariga OPEK aʼzolari "tashkilot yetkazmalarini siyosiylashtirmaslik"ni so‘rab reakutsiya bildirdi.

 

OPEK+ davlatlarining navbatdagi yig‘ilishi 26 noyabrda bo‘ladi, o‘shanda masalaga yana qaytilishi kutilmoqda.

 

1950 yildan beri Arab davlatlari va Eron G‘arbga qarshi "neft quroli"dan foydalanib keladi. Ikki marta ular embargo eʼlon qilgan: 1967 yilda olti kunlik urushda hamda 1973 yilgi urushda.

 

Ekspertlar hozirgi jimlik tinchlanishga sabab bo‘lmasligini aytmoqda. Chunki 50 yil avval ham AQSH arablar neftga embargo qo‘ymaydi, deb o‘ylagan edi. Ammo mojaro boshlanganidan 10 kun o‘tib arab davlatlari AQSH, Niderlandiya va qator G‘arb davlatlariga neft yetkazib berishdan bosh tortgan. Bundan tashqari, Fors ko‘rfazi shayxlari o‘z nefti bahosini 70 foizga oshirishga kelishgan.

 

Bu esa neft narxi 5 baravarga oshishiga olib keldi. O‘sha yillarda neft asosiy energiya manbasi bo‘lib, narxning keskin oshishi jahon iqtisodiyotida inqirozga sabab bo‘ldi.

 

Amerika iqtisodiyoti 1973-75 yillarda 6 foizga qisqargan. Yaponiya yalpi ichki mahsuloti Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta tushib ketdi.

 

Rivojlangan davlatlar 1976 yilga kelibgina o‘zini tiklashni boshladi.

 

Bu embargo oradan 5 oy o‘tib bekor qilinan bo‘lsa-da, inflyatsiya yana ancha yillar yuqoriligicha qolaverdi.

 

Hozir dunyo neftga qaramlikdan ancha qutilgani, G‘arb ham neft qazib chiqarishni boshlagani tufayli embargo ehtimoli juda past.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"