O'zbekiston

Buxoroda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Avvalroq tarmoqlarda Toshkentda o‘quvchini tartibga chaqirgan maktab direktori uni tepib, haqoratlagani aks etgan video tarqalgandi.

Buxoroda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi

 

Buxoroda  o‘qituvchi va o‘quvchi qiz o‘rtasida yuzaga kelgan janjal videosi ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi.

 

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Iroda Oripovaning bildirishicha, joriy yilning 18-noyabr kuni chet tili fani o‘qituvchisi zamonaviy texnik jihozlardan foydalangan holda dars jarayonlarini olib borgan. Ehtiyotsizlik tufayli texnik jihoz ag‘anab tushgan va unga jiddiy ziyon yetgan. Shu orada o‘quvchi qiz М.A. sinfda tinchlikni saqlash o‘rnida o‘qituvchining asabini qo‘zitadigan hatti-harakatda bo‘lgan. O‘qituvchi o‘quvchini tartibga chaqirgan. Tanbehlarga qaramay, o‘quvchi qiz o‘qituvchiga gap qaytarishdan to‘xtamagan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bundan jahllangan o‘qituvchi o‘quvchi qizni darsdan chiqib ketishini talab qilgan. O‘quvchi qiz yana qaysarlikda davom etavergach, o‘qituvchi uning qo‘lidan ushlab, sinfdan chiqib ketishga undagan. Xuddi shu paytda o‘quvchi qiz o‘qituvchiga qarshilik ko‘rsatgan va tortishuv janjalga aylanib ketgan.

 

"Sinfdagi boshqa qizlar janjalning oldini olish uchun o‘quvchi qiz va o‘qituvchini bir-biridan ajratayotgan vaqtda sinf yigitlari holatni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborishgan. Shundan so‘ng, holatga aniqlik kiritish maqsadida Romitan tumani hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xodimlari ishtirokida joyida borib o‘rganishlar olib borildi", — dedi Romitan tumani hokimi matbuot xizmati rahbari Islom Sattorov.

 

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonovning so‘ziga ko‘ra, chet tili fani o‘qituvchisi asli Buxoro tumanidan bo‘lib, Romitan tumanining chekka mahallasi – "Marziya" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga qatnagan holda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lgan.

 

"Maktabning "Odob-axloq qoidalari"ga rioya qilmagan bitiruvchi sinf o‘quvchisi va o‘z vazifasini bajarishda qo‘pollikka yo‘l qo‘ygan o‘qituvchining hatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — dedi Farrux Qurbonov.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"