Jahon

“Kirja Ali afsonasi" yoxud Buxorodan Anadolu va Bulg‘oristonga yo‘l

Turkiyada asli buxorolik mudarris olim haqida film suratga olindi.

“Kirja Ali afsonasi" yoxud Buxorodan Anadolu va Bulg‘oristonga yo‘l

 

Bolgariyada Usmonlilar imperiyasi paytida borib qolgan, asosan, turklar istiqomat qiladigan Xaskoy (Xaskovo) nomli shaharcha bor. Kirja Ali ziyoratgohi ana shu shaharda joylashgan.

 

Eʼtiborli jihati shundaki, mahalliy xalq Kirja Alini mudarris, olim, bir so‘z bilan aytganda, maʼrifatparvar inson sifatida eʼzozlaydi. Uning padari buzrukvori G‘iyosiddin o‘z davrining maʼrifatli shaxslaridan biri bo‘lib, Buxoro madrasasida saboq bergan. Kirja Ali Vizantiya-Anadolu tuprog‘iga Islom dini, Moturudiy taʼlimotini targ‘ib qilish maqsadida keladi. Antalya va Ahlat shaharlarida bir muddat yashagach, undan Bolgariyaga o‘tadi. U yerda oila quradi, farzandlar ko‘radi.

 

Garchi ota-bobolari buxorolik bo‘lgan Kirja Ali hayoti va faoliyatiga oid maʼlumotlar juda oz saqlangan bo‘lsa-da, lekin mahalliy  aholi uni hali-hanuz eʼzozlaydi. 

 

Bolgariyada yashaydigan turklar keyinchalik Turkiyaga ko‘chib o‘tadi. Ayni paytda bu yerda, asosan, o‘sha yerdan ko‘chib kelgan turklardan iborat bo‘lgan “BulTürk”  jamoatchilik tashkiloti faoliyat yuritadi. Yaqinda ushbu tashkilot rahbari Rafet Uluturk tashabbusi va saʼy-harakati bilan Kirja Ali hayoti va  faoliyati haqida hujjatli film suratga olindi. Film rejissyori va ssenariy muallifi — Mustafa Shaxin. Bosh rolni taniqli aktyor Xakan Tepe ijro etgan. Film, asosan,  O‘rta Osiyoning Anadoluga kirish eshigi bo‘lgan Ahlat shahrida suratga olingan.

 

Film  dastlab Ahlat shahriga tashrif buyurgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ishtirokida keng taqdim etildi. Film taqdimoti Istanbul va Bolgariyada ham bo‘lib o‘tdi. Eng muhimi filmning ilk tasvirlari Kirja Alining ota makoni bo‘lgan qadim Buxoro shahri manzaralari bilan boshlanadi.

 

"Turkiy xalqlar boy va zafarli o‘tmishga ega. Biz bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi. Turkiy xalqlar tarixi va o‘tmishini kelajakdagi avlodlarimiz ham bilishi kerak. Shu bois ota-bobolarimiz tarixiga oid bunday filmlarni yana-da ko‘proq ishlashimiz kerak", — deydi “BulTürk”  jamoatchilik tashkiloti rahbari Rafet Uluturk.

custom img

“Bu allaqachon zombi davlat” — Pentagon sobiq maslahatchisi

Duglas Makgregor Ukraina Rossiya zarbalari va havo mudofaasidagi muammolar sabab “xarobalar uyumiga” aylanishi mumkinligini aytdi.

custom img

Hirotda BMTning ikki xodimi Tolibon razvedkasi tomonidan hibsga olindi

Ularning nima sababdan hibsga olingani va qanday ayblovlar qo‘yilgani haqida ma’lumot berilmagan.

custom img

Shveysariyaning Alp tog‘larida badavlat shaxslar uchun yer osti omborlari qurilmoqda

Qimmat buyumlar saqlangan eski harbiy bunkerlardan ayrimlarini “Rossiya tahdidi” fonida o‘q-dorilar uchun qayta ishga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Liviyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qildi

Hujum oqibatida yoqilg‘i saqlash rezervuari qulab, yong‘in yuzaga kelgan, biroq hodisa tezda nazoratga olingan.

custom img

“Rossiya kemalari musodara qilinsa, javob qaytaramiz” – Putin

Rossiya prezidenti Yevropa davlatlarini Rossiya savdo kemalarini qo‘lga olishdan ogohlantirdi va bunday holat javobsiz qolmasligini aytdi.

custom img

YUNESKO Afg‘oniston ta’lim tizimidagi inqiroz chuqurlashishidan ogohlantirdi

Tolibonning ayollar va qizlarning ta’lim olishiga qo‘ygan cheklovlari mamlakatdagi malakali ayol o‘qituvchilar tanqisligini kuchaytirib, ta’lim tizimiga uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin.

custom img

Yaqin Sharqda yangi alyans tuzildi

Yaqin Sharq mintaqasida yangi harbiy blok tashkil qilindi. Bu qanchalik muhim edi? O‘zi shundoq ham Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida harbiy kelishuv bor edi. Bu kelishuvdan kimlardan manfaatdor. “Makka” harbiy kelishuvi Eronga qarshi qaratilganmi?

custom img

Inson huquqlari tashkilotlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi

Da’vogarlar Vashingtonning Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar siyosatini noqonuniy deb atagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"