2024-yilgi kikboksing bo‘yicha jahon kubogi Toshkentda o‘tadi
Portugaliyada bo‘lib o‘tayotgan kikboksing bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Portugaliyada bo‘lib o‘tayotgan kikboksing bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Chempionat doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Jahon kikboksing assotsiatsiyasi (WAKO) prezidenti Roy Baker tomonidan 2024-yilda bo‘ladigan jahon kubogiga Toshkent shahri mezbonlik qilishi eʼlon qilindi.

Jahon chempionatining saralash bahslarida Mahmud Hayotov, Zarifjon Istamov, Faxriddin Eminov, Husniddin Shahobiddinov, Mavlonbek Muhammadjonov, Xurshida Jalilova hamda Ruhshona Shuhratova o‘z yo‘nalishi va vazn toifasida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.








