Eng dolzarb

BAA O‘zbekistondagi eng yaxshi davlat organlarini aniqladi

Respublikaning 17 ta vazirligi va ularning 85 nafar xodimlarini 8 ta nominatsiya bo‘yicha baholash jarayoni yakunlandi.

BAA O‘zbekistondagi eng yaxshi davlat organlarini aniqladi

 

Birlashgan Arab Amirliklari ekspertlari tomonidan O‘zbekistonning 17 ta vazirligi va ularning 85 nafar xodimini 8 ta nominatsiya bo‘yicha baholash jarayoni yakunlandi.

 

Toshkentda “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari vaziri Muxammad al-Gergavi ishtirok etdi.

 

“Dastur davomida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri devonxonasining 36 nafar eksperti tomonidan respublikaning 17 ta vazirligi va ularning 85 nafar xodimlarini 8 ta nominatsiya bo‘yicha baholash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi”, — deyiladi xabarda.

 

Dastur ishtirokchilari “Namunali vazirlik”, “Eng yaxshi tashabbus” va “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishlarida hamda bir nechta individual kategoriya kesimida qatnashishdi.

 

“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘olib va sovrindorlari:

 

Namunali vazirlik

 

1-o‘rin — Adliya vazirligi

2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

3-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi

 

Strategik maqsadlarni amalga oshirishda

 

  • 1-o‘rin — Sog‘liqni saqlash vazirligi
  • 2-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi
  • 3-o‘rin — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

 

Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirishda

 

  • 1-o‘rin — Adliya vazirligi
  • 2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  • 3-o‘rin — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

 

Integratsiyalashgan mexanizmlar sohasidagi namunali vazirlik

 

  • 1-o‘rin — Adliya vazirligi
  • 2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  • 3-o‘rin — Madaniyat vazirligi

 

Eng yaxshi tashabbus

 

  • 1-o‘rin — “IT park” tashabbusi, “IT park” direksiyasi
  • 2-o‘rin — “Yoshlar texnoparki” tashabbusi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
  • 3-o‘rin — “AKIS-qishloq ho‘jaligi xizmatlari” tashabbusi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

 

Eng yaxshi loyiha

 

  • 1-o‘rin — “Qishloq xo‘jaligi xoldinglarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish” loyihasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  • 2-o‘rin — “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash” loyihasi, Suv xo‘jaligi vazirligi
  • 3-o‘rin— “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

 

Namunali vazir o‘rinbosari

 

  • 1-o‘rin — Sherzod Rabiyev, Adliya vaziri o‘rinbosari
  • 2-o‘rin — Ilhom Norkulov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
  • 3-o‘rin — Aʼzam Kadirhodjayev, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari

 

Namunali boshqaruv xodimi

 

  • 1-o‘rin — Jamshid Abduzuxurov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi
  • 2-o‘rin — Anvar Raupov, Energetika vazirligi xodimi
  • 3-o‘rin — Zarifjon Ashurov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi

 

Murojaatlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha namunali xodim

 

  • 1-o‘rin — Jaloliddin Asamutdinov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi
  • 2-o‘rin — Obidjon Mo‘minov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xodimi
  • 3-o‘rin — Shaxbozbek Xakimov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi

 

Namunali ixtisoslashgan xodim

 

  • 1-o‘rin — Sherimbetov Xalilulla, Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimi
  • 2-o‘rin — Otabek Xaqberdiyev, Adliya vazirligi xodimi
  • 3-o‘rin — Nosir Shukurov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi

 

Namunali hududiy boshqarma xodimi

 

  • 1-o‘rin — Asror Rustamov,Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi
  • 2-o‘rin — Axtam Daliyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda davlat organlarining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash sohasida BAA va xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur Dasturda davlat organlari xodimlarining salohiyatini mustahkamlash, maʼmuriy resurslarning maqbul taqsimlanishini taʼminlash, milliy strategik rivojlanish maqsadlariga erishish uchun idoralar orasidagi hamkorlikni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"