O'zbekiston

Makkada 1-o‘zbek milliy taomlari restorani ochilmoqda

Restoranning ochilish marosimi 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Makkada 1-o‘zbek milliy taomlari restorani ochilmoqda

O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligida Saudiya Arabistonida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqaro Xayrullo Ikromov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqotda O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan munosabatlarni mustahkamlash, investitsiyaviy va sayyohlik muhitining jozibadorligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

 

O‘z navbatida, Xayrullo Ikromov O‘zbekistonda kechayotgan yangiliklarni doim kuzatib borishini, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida erishilgan yuksak natijalar bilan faxrlanishini taʼkidladi.

 

«Xorijda uzoq yillardan beri restoran biznesi bilan shug‘ullanib kelaman. Makkada o‘zbek milliy taomlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu shaharning markaziy qismida yangi tamaddixona ochyapmiz. Ushbu restoranga “O‘zbekiston” deb nom qo‘ydik», dedi u.

 

Yangi tashkil etilayotgan restoranga bosh oshpaz, nonvoy va boshqa xodimlarni O‘zbekistondan jalb etishga kelishib olindi. 

 

Makka shahridagi “O‘zbekiston” birinchi milliy taomlar restoranining rasmiy ochilish marosimi 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"