Sport

Shohjahon Ergashev jang oldidan 17 kilogramm vazn tashladi

Ergashev (23-0-0) IBF yo‘nalishi chempioni, puerto-rikolik Sabriyel Matias (19-1-0) bilan kamar uchun jang qiladi.

Shohjahon Ergashev jang oldidan 17 kilogramm vazn tashladi

 

Toshkent vaqti bilan 26-noyabr kuni tongda Las-Vegasdagi "Michelob Ultra Arena"da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

 

Bu kecha hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (23-0-0) IBF yo‘nalishi chempioni, puerto-rikolik Sabriyel Matias (19-1-0) bilan kamar uchun jang qiladi.

 

Shohjahon ushbu chempionlik jangi uchun 17 kilogramm vazn tashlashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda bokschining o‘zi maʼlum qildi.

 

"Hozir ham ikki kilogramm ortiqcha vaznga egaman. Faoliyatimda ilk bor 17 kilogramm vazn tashlashga to‘g‘ri keldi. Bunaqasi hali bo‘lmagandi. Ozg‘in, kichkina bo‘lib qolganimni qarang (kuladi). Murabbiylarim Shugar Hill, Bibi va Chemberslar bilan chempionlik jangiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shugar Tayson Fyurining murabbiyi hisoblanadi. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi bo‘ladi", — degan Ergashev.

 

Maʼlumot uchun: 31 yoshli Ergashev so‘nggi bor 2022-yilning avgustida Anxel Martines Ernandesga qarshi ringga chiqqan edi. Ushbu jangda Shohjaxon texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Bokschimiz hisobida 23 g‘alaba (20 tasi nokaut) bor.

 

31 yoshli Matias esa shu yilning fevral oyida Xeremias Ponsega qarshi jang qilgan. Ushbu qarama-qarshilikda Sabriel muddatidan avval g‘alaba qozonib, IBF chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Uning hisobida 19 g‘alaba (barchasi nokaut bilan) va bitta mag‘lubiyat bor.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shohjahon Ergashev jang oldidan 17 kilogramm vazn tashladi | Zamon.uz