O'zbekiston

Ertadan ayrim metro bekatlarining ish vaqti qisqaradi

Yerusti metro yo‘nalishida texnik ishlar rejalashtirilgan.

Ertadan ayrim metro bekatlarining ish vaqti qisqaradi

Toshkent metropoliteni “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida yo‘nalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.

 

Rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilning 25-noyabr sanasidan "Yerusti halqa yo‘li" yo‘nalishining Texnopark (Do‘stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ish rejimi soat 6:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi.

 

Shuningdek, Tuzel (3-bekatidan) Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"