Jahon

Magadanda migrantlarga jamoat transportini boshqarish taqiqlandi

Transport kompaniyalari migrantlarni uch oy ichida ishdan bo‘shatishlari kerak.

Magadanda migrantlarga jamoat transportini boshqarish taqiqlandi

 

Kolimada mehnat migrantlariga bir yil davomida jamoat transportini boshqarish taqiqlanadi.

 

Magadan viloyati gubernatori Sergey Nosov 2024 yilda patent bilan ishlaydigan xorijliklarni taksi va ijaraga olingan avtomobillarda hamda avtobuslarda muntazam tashishga jalb qilishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.

 

Farmon viloyat hokimligining huquqiy axborot portalida eʼlon qilindi.

 

“Ushbu farmonning 1-ilovasiga muvofiq, 2024 yilda Magadan viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim faoliyat turlariga patentlar asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishni taqiqlash belgilansin”, — deyilgan hujjatda.

 

Farmonning 1-ilovasida yo‘lovchilarni taksi va avtobuslarda tashish sanab o‘tilgan. Transport kompaniyalari migrantlarni uch oy ichida ishdan bo‘shatishlari kerak.

 

Maʼlumot uchun, Kolima o‘lkasi - Kolima daryosi havzasi va Oxot dengizining shimoliy qirg‘og‘ini qamrab olgan Rossiyaning shimoli-sharqidagi tarixiy mintaqa. Kolima o‘lkasi hududi shartli ravishda Magadan viloyatining butun hududidan va Yakutiyaning shimoli-sharqiy viloyatlaridan iborat.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"