Sport

Sud model qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanayotgan Ronalduga nisbatan hukm chiqardi

Sud jarayon 2018 yilning sentyabrida boshlangandi.

Sud model qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanayotgan Ronalduga nisbatan hukm chiqardi

 

Sud zo‘rlashda ayblanayotgan hujumchi Ronalduga nisbatan hukm chiqardi. Britaniyaning "Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli portugaliyalik futbolchi butunlay oqlangan.

 

Krishtianuga qarshi ayblovni model Ketrin Mayorga eʼlon qilgan. Mayorganing advokatlari ishni qayta ochishga yana bir bor urinib ko‘rdi, ammo sud ularni rad etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, model Ketrin Mayorga Ronalduni zo‘ravonlikda ayblab, daʼvo arizasi yozgandi, biroq modelning daʼvosi sud tomonidan rad etildi.

 

Jarayon 2018 yilning sentabrida boshlangan. Mayorgaga ko‘ra, 2009 yil iyun oyida Ronaldu mehmonxonada Mayorgani zo‘rlagan. Model bo‘lib o‘tgan voqealarni hech kimga aytmagani uchun Ronaldudan 375 ming AQSH dollar olganini aytgan.

 

Keyinchalik portugaliyalik futbolchi Mayorgaga haqiqatdan ham pul berganini tan olgan, lekin zo‘rlash faktori haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini maʼlum qilgan.

 

2021 yil aprelida Mayorga Ronaldudan maʼnaviy zarar uchun tovon puli sifatida 65 million yevro talab qilgan, biroq modelning ayblovi o‘z isbotini topmagan. 2022 yil iyun oyida uning daʼvosi rad etildi — sudya Jennifer Dorsi daʼvogarni noto‘g‘ri xatti-harakatlari va o‘g‘irlangan maxfiy hujjatlardan foydalangani sabab bu ishni rad etdi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Sud model qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanayotgan Ronalduga nisbatan hukm chiqardi | Zamon.uz