O'zbekiston

Toshkentda sovuq suv narxi oshiriladi

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaror qabul qildi.

Toshkentda sovuq suv narxi oshiriladi

 

Toshkent shahrida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarining yangi narxlari tasdiqlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaror qabul qildi.

 

Qarorga ko‘ra, bir metr kub suv narxi tariflari quyidagicha etib belgilandi:

 

— Aholi uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1 000 so‘m (amalda 350 so‘m);

— Ulgurji iste’molchilari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);

— Byudjet tashkilotlari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);

— Yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3 000 so‘m (amalda 1000 so‘m), oqava suv narxini 2 200 so‘m (amalda 820 so‘m).

 

Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun o‘tgach kuchga kiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yettita viloyatda ham aholi uchun ichimlik suvi narxi 850 so‘mdan 2 800 so‘mgacha oshgandi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"