Eng dolzarb

Buyuk Britaniyada odamda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi

Bu mamlakatdagi ilk holat.

Buyuk Britaniyada odamda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi

 

Buyuk Britaniyada cho‘chqa grippining A(H1N2)v shtammi bilan odamda birinchi kasallanish holati aniqlandi

 

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu virus bilan kasallanish holati muntazam monitoring davomida aniqlangan. Nafas olish yo‘llari infeksiyasining belgilari paydo bo‘lgandan keyin bemor shifokorga murojaat qilgan.

 

2005 yildan beri butun dunyo bo‘ylab odamlarda A (H1N2)v shtammi bilan kasallangan 50 ta holat qayd etilgan. Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi hodisa birinchi tur bo‘lib, avvalgi holatlarga genetik jihatdan bog‘liq emas.

 

Gripp A(H1N2)v virusi cho‘chqalarda aylanib yuradigan viruslarga o‘xshaydi. Buyuk Britaniyaning Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi kasallikning yangi turi haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini rasman xabardor qilgan. Ushbu shtamm qanchalik yuqumli ekani hali aniq emas.

 

H1N1, H1N2 va H3N2 cho‘chqa grippi A viruslarining asosiy kichik tiplari bo‘lib, cho‘chqalarda yashaydi va vaqti-vaqti bilan odamlarga yuqadi. 2009 yilda, odatda cho‘chqa grippi deb atalgan H1N1 virusi tufayli insonlarda pandemiya tarqaldi. Endi virus mavsumiy ravishda odamlar orasida tarqaladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"