Bo‘stonliqda bodom gulladi
Toshkent viloyatining tog‘li Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh qishlog‘ida bodom gulladi.


Toshkent viloyatining tog‘li Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh qishlog‘ida bodom gulladi.
"Oy davomida yuqori issiqlik to‘lqinlari daraxtlar tanasiga issiqlik stressini ulashishda davom etmoqda.
Hatto tog‘larda qishki uyquga otlangan bodom daraxtida qayta faollik hamda gullash davri kuzatilibdi.
Bu hudud uchun ommaviy gullashga o‘xshamaydi. Menimcha, mikroiqlim yoki daraxt ildizi atrofida issiqlik uzatish tizimlari taʼsiri bo‘lishi mumkin (balki daraxt fiziologiyasida muammolar bordir).
Ammo, shunga qaramay, bu hodisa tog‘ landshafti uchun juda noodatiy hodisa hisoblanadi", — deb yozadi iqlimshunos Erkin Abdulahatov.








