Sport

O‘zbekistonda ilk bor “Yangi nafas – ekiden” yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Bugun ommaviy musobaqaga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda ilk bor “Yangi nafas – ekiden” yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

 

Joriy yil 10 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas – ekiden” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

 

Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida mazkur ommaviy musobaqaga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tayyorgarlik ishlari, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tishi va musobaqa o‘tadigan Yangi O‘zbekiston bog‘idagi yugurish yo‘laklari, kiyinish xonasi, ishtirokchilarni kutish joylari va ularga yaratilgan sharoitlar muhokama qilindi. 

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar o‘zlariga biriktirilgan vazifalar va ularning ijrosini bajarish borasida ko‘rsatmalar oldi.  

 

Mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkaziladigan “Ekiden” musobaqasiga aholining keng qatlamini jalb etish, musobaqalarda ishtirok etish shartlari, mezonlari borasida bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi.   

 

Yig‘ilish yakunida tayyorgarlik ishlari bo‘yicha har bir yo‘nalish mas’ullariga aniq vazifalar berildi.  

 

Eslatib o‘tamiz, “Yangi nafas – ekiden” musobaqasida ishtirokchilar erkaklar, ayollar va aralash estafeta bahslarida qatnashadi. Ushbu musobaqalarda tarkibi 15 yoshdan katta bo‘lgan 7 kishidan iborat 100 ta jamoa g‘oliblik uchun raqobatlashadi. Musobaqa soat 11:00 da boshlanadi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"