Xitoy AQSHni Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishga chaqirdi
Bu haqda Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z borgan.

Kecha, 29 noyabr kuni Pekinda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy yana bir bor Qo‘shma Shtatlarni Xitoy tamoyillariga rioya qilishga va Tayvan mustaqilligini aniq harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Bu haqda Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Chen Binxua ma’lum qildi.
AQSH Milliy xavfsizlik kengashi spikeri Djon Kyorbi yaqinda prezident Jo Bayden Tayvanning o‘zini-o‘zi mudofaa himoya qilish huquqiga egaligini ta’kidlaganini aytib o‘tdi. U shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Tayvanga qurol sotishda davom etishini ma’lum qilgan.
“AQSHning Tayvanga qurol-yarog‘ sotishi Xitoy-AQSH munosabatlarini, ayniqsa, 17 avgustda qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarini buzadi”, — deydi Xitoyning Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi.







