“Salimboyvachcha” qo‘lga olingani aytilmoqda
Ayni paytda unga nisbatan tergovoldi surishtiruv jarayonlari davom etmoqda.

Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev huquq-tartibot organlari tomonidan Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyida qo‘lga olindi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Qalampir” nashri xabar berdi.
Joriy yilning 1 dekabr kuni huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada "Salimboyvachcha" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev qo‘lga olingan. Ayni vaqtda Abduvaliyevga nisbatan tergovoldi surishtiruv jarayonlari davom etmoqda.
Avvalroq Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganini maʼlum qilgandi. Unda “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev qo‘lga olingan.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.







