Farg‘onada mayning ferma aniqlandi
U davlatga salkam 3 mlrd zarar yetkazgan.

Farg‘ona viloyatida 2,8 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Uchko‘prik tumanining Bog‘ibo‘ston mahallasida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJda fuqaro M.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatilib, mayning qurilmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.







