Eng dolzarb

Farg‘onada MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov qo‘lga olindi

Tezkor tadbirlarda jami 22 kishi ushlangan.

Farg‘onada MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov qo‘lga olindi

 

Farg‘ona viloyatida 27 noyabr kuni sportning jangovar turi bilan shug‘ullangan Humoyun To‘xtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli tezkor vaziyatga salbiy taʼsir qiluvchi shaxslarni yig‘ib, Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxsga tan jarohati yetkazgan. U hodisa joyidan yashiringan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

 

Viloyat IIB matbuot xizmati xabar berishicha, «Zarbdor 40 kunlik» doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash borasida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

 

Xususan, tezkor maʼlumotlar asosida kriminogen muhit mavqeyiga ega bo‘lgan 248 nafar shaxsning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning huquqbuzarliklarini aniqlash bo‘yicha 106 marta faol tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, 66 ta jinoyatlar aniqlandi.

 

Mazkur tadbirlar davomida:

 

  • 4 kg 749 gramm giyohvandlik vositalari;

  • 78 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar;

  • 41 ta qurol, o‘q dorilar va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolar olindi.

  • 45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar;

  • jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 37 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

 

O‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan jami 22 nafar shaxs bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, 22 noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzarahimov o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘tkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoshlari qo‘lga olinib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

 

 

Shuningdek, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yo‘llar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qo‘lga olinib, tergov organlariga topshirildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"