Eng dolzarb

Global iqlim o‘zgarishi yiliga 250 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ladi

JSST bu boradagi so‘nggi tahlillarni eʼlon qildi.

Global iqlim o‘zgarishi yiliga 250 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ladi

 

Bugun insoniyat yana bir global tahdid qarshisida turibdi. Bu — iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar. Uning asoratlari butun sayyoramiz aholisi salomatligiga jiddiy xavf solmoqda.

 

Anomal issiq, suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, muzliklar erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi... Bunday omillar Yer sharining qator nuqtalarida o‘lim holatlari va kasalliklar soni ortishiga olib kelyapti.

 

JSST bu boradagi so‘nggi tahlillarni eʼlon qildi. Unga ko‘ra, keyingi 20 yil ichida 65 yoshdan katta insonlar o‘rtasida jazirama haroratdan vafot etish ko‘rsatkichi 70 foizga oshgan.

 

Bundan tashqari, toza ichimlik suvi tanqisligi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan biriga aylangan.

 

Qolaversa, havo ifloslanishi tufayli kelib chiqadigan xastaliklar har yili 7 million nafar kishini hayotdan erta olib ketmoqda.

 

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, agar vaziyat o‘nglanmasa, kelgusi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq omillar har yili 250 ming kishining umriga zomin bo‘lishi mumkin.

 

Chunki hozir uch milliarddan ortiq inson xuddi shunday ekologik murakkab mintaqalarda yashaydi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"