Para dzyudochilarimiz Tokio Gran-Prisida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi
Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Kecha Tokio Gran-Prisining ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning so‘nggi kunida 4 nafar vakilimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:
Erkaklar:
Dovurxon Karomatov 90 kg (J2) – kumush
Aloviddin Jo‘raqulov + 90 kg (J2) – bronza

Ayollar:
Munisa Madrimova – 70 kg (J2) - oltin
Feruza Ergasheva + 70 kg (J1) – bronza
Shu tariqa terma jamoamiz dunyoning 40 ga yaqin davlatidan kelgan eng sara para dzyudochilar ishtirok etgan Gran-Prida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.








