O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari bilan telefonlashdi

Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari bilan telefonlashdi

Bugun, 6-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

 

Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Yetakchilar mustahkam do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalariga asoslangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari bugun yuqori surʼatda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Turli darajalarda faol muloqotlar va samarali almashinuvlar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda. Mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston-Qirg‘iziston fondining faoliyati doirasida 11 ta istiqbolli biznes loyihasi moliyalashtirildi.

 

Hududlararo va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.

 

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, infratuzilmaviy loyihalarni jadallashtirish muhimligini taʼkidladilar.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"