O'zbekiston

Jadidlar haqida xalqaro anjuman o'tkaziladi

Tadbir 11-12-dekabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Jadidlar haqida xalqaro anjuman o'tkaziladi

Shu yilning 11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

 

• Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.

• Tadbirning ikkinchi kunida — o‘zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati (panel session) o‘tkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.

 

Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi. Batafsil ma’lumotni jadidconf.com saytidan olish, tadbirning ikkinchi kunida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

custom img

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

Qoidabuzar o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"