Sport

Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi

 

Prezidentning “Og‘ir atletika sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

 

Loyiha bilan:

 

og‘ir atletika sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;

 

og‘ir atletika bo‘yicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar aʼzolari bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ular professional tayyorgarligini tashkil etish uchun davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazini tashkil etish;

 

2025-2026-o‘quv yilidan boshlab davlat sport taʼlim muassasalarida og‘ir atletika bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirish;

 

og‘ir atletikaga ixtisoslashgan hududlarda ayollar og‘ir atletikasini rivojlantirish yuzasidan alohida dasturlarni qabul qilish hamda mahalliy byudjet va homiylar mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich zamonaviy infratuzilma va jihozlar bilan taʼminlangan og‘ir atletika bazalarini barpo etish;

 

og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazini Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi bino-inshootlarga operativ boshqaruv huquqiy asosida joylashtirish;

 

og‘ir atletika sport turini 2023-2026 yillarda kengroq rivojlantirish dasturini hamda 2023-2026 yillarda og‘ir atletika sport turini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash;

 

2024 yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda:

 

og‘ir atletika bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida “Markaziy Osiyo ochiq chempionati”;

 

og‘ir atletika va para pauerlifting bo‘yicha nufuzli Uzbekistan Open xalqaro turniri;

 

og‘ir atletika bo‘yicha Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari bo‘yicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar;

 

og‘ir atletika bo‘yicha davlat sport taʼlim muassasalari o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati” musobaqasini o‘tkazish;

 

faoliyati davomida namuna ko‘rsatgan yuqori malakaga ega trener va mutaxassislar malakasini yana-da oshirish, zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini taʼminlash uchun ularni milliy terma jamoalarning xorijda o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari va xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish belgilanmoqda.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"