Eng dolzarb

Olimlar ham hayratda: Quyoshda Yerdan 60 marta kattaroq teshik paydo bo‘ldi

G‘ayrioddiy teshikning kengligi 24 soat ichida 800 ming kilometrga yetgan.

Olimlar ham hayratda: Quyoshda Yerdan 60 marta kattaroq teshik paydo bo‘ldi

 

Quyoshda toj teshigi deb nomlanuvchi ulkan qorong‘u bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu yoriq Yer tomonga kosmik shamol deb nomlanuvchi g‘ayrioddiy tezkor nurlanishning kuchli oqimlarini sochmoqda. 

 

2 dekabrda hosil bo‘lgan teshikning kengligi 24 soat ichida 800 ming kilometrga yetgan, bu Yer diametridan 60 baravar ko‘proqdir. Olimlarning fikriga ko‘ra, quyosh siklining ushbu bosqichida bu bo‘shliqning hajmi misli ko‘rilmagan darajada katta. 

 

Dastlab qorong‘u bo‘shliqning paydo bo‘lishi Yerda moʻtadil geomagnit bo‘ronini keltirib chiqarishi, bu esa radioaloqa uzilishiga olib kelishi mumkinligi taxmin qilingan edi. Biroq, kosmik shamol tezligi kuchli bo‘lmadi, garchi u yuqori kengliklarda g‘aroyib Qutb yog‘dularini keltirib chiqargan bo‘lsa ham. 

 

Toj teshiklar Quyoshning magnit maydonlari o‘zgarganda paydo bo‘ladi, bu esa yulduz zarralarining bir qismini fazoga chiqib ketishiga olib keladi. Ular qorong‘u dog‘lar kabi ko‘rinadi, chunki bu joylar atrofdagi plazmadan sovuqroq va zichroqdir. 

 

Olimlarning qayd qilishicha, Quyosh faolligi 2023 yil davomida ortib bordi, chunki bizning yulduzimiz 11 yillik siklining yuqori cho‘qqisiga yaqinlashmoqda. Biroq, toj teshiklar siklning istalgan vaqtida paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, olimlar ekvator yaqinida yangi teshik ochilganidan hayratda, odatda ular yulduz qutblarida paydo bo‘lgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"