Rossiya Saudiya bilan mudofaa bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi
Shuningdek, neft sohasida aloqalar kengaytiriladi.

Rossiya va Saudiya Arabistoni mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytiradi, Bu haqda Vladimir Putin va Muhammad ibn Salmonning qo‘shma bayonotida so‘z boradi.
Bayonotda aytilishicha, o‘zaro savdoni kengaytirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom ettiriladi.
O‘zaro va qo‘shma investitsiyalar ko‘paytiriladi. Ikki davlat xususiy sektori o‘rtasida muloqot faollashtiriladi.
Neft va gaz sohasida hamkorlik kengaytiriladi. Yangi texnologiyalarni, jumladan, sunʼiy intellektni energiya sohasida qo‘llash boshlanadi.
Mudofaa sohasida hamkorlik mustahkamlanadi. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtirish va faollashtirish davom ettiriladi.







