O'zbekiston

Qalin tuman sabab ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi

Ayrim reyslar boshqa aeroportga yo‘naltiriladi.

Qalin tuman sabab ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi

 

Qalin tuman tufayli Farg‘ona, Namangan va Samarqand aeroportlarida reyslarni qabul qilish va jo‘natishga cheklov kiritildi.

 

Irkutsk – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha SBI-6323 reysini amalga oshirayotgan S7 Airlines samolyoti belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli mahalliy vaqt bilan soat 23:27 da Namangan aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Aviakompaniya qaroriga ko‘ra, 177 nafar yo‘lovchi Farg‘onaga yer usti transporti orqali yetkaziladi.

 

Biroq soat 00:10 dan boshlab Namangan aeroportini ham quyuq tuman qopladi. Samolyotlarni qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

 

Agar noqulay ob-havo sharoiti saqlanib qolsa, reyslar respublikaning boshqa yaqin aeroportlariga yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"