Jahon

Fransiyada yonib ketgan ibodatxona qayta tiklanmoqda

Hozirda uni tiklash uchun 500 nafarga yaqin quruvchi ishlayapti.

Fransiyada yonib ketgan ibodatxona qayta tiklanmoqda

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi “Notr-Dam” ibodatxonasiga tashrif buyurib, uning rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.  Parij ramzlardan biri hisoblangan ushbu cherkov XII asr o‘rtalaridan boshlab qariyb 200 yil davomida qurilgan bo‘lib, 2019 yil 15 aprel kuni  yong‘in ichida qolgan edi.

 

Mahalliy hukumatning bergan maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda uni tiklash uchun 500 nafarga yaqin quruvchi ishlamoqda.

 

Cherkovga  rafiqasi Brijit  Makron bilan tashrif buyurgan prezident tarixiy “ Hotel-Dieu” shifoxonasi binosida “ Notr-Dam ” muzeyi yaratilishini eʼlon qildi.

 

Shuningdek, Emmanuel Makron ibodatxona qurilishi 1 yil ichida to‘liq yakunlanishiga vaʼda berdi. Hozirda “Notr-Dam” ning  2024 yil 8 dekabrda diniy xizmatlar va jamoatchilik uchun qayta ochilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"