O'zbekiston

O‘zbekistonlik yigit Google‘da ish boshladi

U kompaniyaga joriy yil martda ariza topshirgan.

O‘zbekistonlik yigit Google‘da ish boshladi

 

Toshkent shahridagi Inha universitetining SOCIE fakulteti bitiruvchisi Fahriddin Abdurahimov Google kompaniyasida o‘z ish faoliyatini boshladi.

 

"2023 yil mart oyida men Google veb-sayti orqali dasturiy taʼminot muhandisi lavozimiga ariza topshirdim. Ko‘p o‘tmay, ishga yollovchi men bilan bog‘landi hamda biz 15-20 daqiqa davomida suhbat qildik. Suhbat davomida men o‘zimni tanishtirdim va nima sababdan Google kompaniyasini tanlaganim haqida umumiy maʼlumot berib o‘tdim. Shundan so‘ng, men bilan birinchi rasmiy suhbatni o‘tkazish rejalashtirildi. Umumiy hisobda 5ta suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

Avgust oyida men Google kompaniyasi taklifini qabul qildim va viza olish jarayonlari boshlandi. Bularning barchasi men uchun unutilmas tajriba bo‘ldi.

Ushbu yutuqlarga erishishimda Toshkent shahridagi Inha universitetining hissasi katta deb hisoblayman. Bu yerda men nafaqat do‘stlar orttirdim va fundamental bilimlarni o‘rgandim, balki o‘z sohasining professionallaridan bebaho tajriba va bilimlarga ham ega bo‘ldim.

 

Dastlab Toshkent shahridagi Inha universitetiga topshirishimga sabab doimo yonimda bo‘lgan, qarorlarimni qo‘llab-quvvatlagan va qiyin damlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan ota-onamning maslahatlari turtki bo‘lgan. Har bir ishda oilamning qo‘llab-quvvatlashi mening shaxsiy va kasbiy rivojlanishim uchun mustahkam poydevor bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi", deydi yigit.

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"