O'zbekiston

O‘zbekistonning ochiq ma’lumotlar portali oltin darajadagi sertifikat oldi

Bugungi kunda Ochiq ma’lumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan.

O‘zbekistonning ochiq ma’lumotlar portali oltin darajadagi sertifikat oldi

 

2023 yil 5 dekabr kuni Londondagi Ochiq ma’lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz  “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.

 

Bugungi kunda Ochiq ma’lumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan. Lekin, dunyoda atigi 3 ta sayt eng yuqori bo‘lgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan. Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti stat.uz. 

 

Shuningdek, dunyoda jami 9 ta sayt va portallar “Gold level” oltin darajadagi sertifikat olishga muyassar bo‘lgan va ular qatoriga O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz ham qo‘shildi.

 

Ochiq ma’lumotlar Sertifikati – ochiq ma’lumotlarning nashr etilishini professionallashtirish uchun tasdiqlangan standartlar to‘plamiga mos keladigan mustaqil sifat belgisidir.

 

Barqaror ochiq ma’lumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.

 

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida jami 9 mingga yaqin ma’lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"