O‘zbekistonda ilk bor 8,2 mln tonna g‘alla yetishtirildi
Maʼlum qilinishicha, sohada raqamlashtirish texnologiyalari rivojlanmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor 8,2 mln tonna g‘alla yetishtirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigida so‘z borgan.
Bu yil dehqonlarga 10,5 mingdan ortiq texnika va agregatlar yetkazib berilgan.
Bundan tashqari, sohada raqamlashtirish, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari va boshqa innovatsiyalar jadal rivojlanmoqda.







