O‘zbekistonning 3 ta madaniy merosi YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi
“O‘zbekiston kulolchilik sanʼati” komissiya aʼzolari tomonidan yuqori baholangan.

YUNESKO Hukumatlararo qo‘mitasining 18-sessiyasida O‘zbekistondan uchta nominatsiya insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
“O‘zbekiston kulolchilik sanʼati” nominatsiyasi komissiya aʼzolari tomonidan yuqori baholangan. Bu esa hunarmandchilikning chuqur tarixga egaligi, kulolchilik sohasidagi bilimlarning avloddan-avlodga o‘tib kelayotganidan, uni asrab-avaylashda yoshlar faol ishtirok etayotganidan dalolat beradi.
“Kulolchilik O‘zbekistonning eng qadimiy va noyob xalq amaliy sanʼati sanaladi. Rishton, Buxoro, Gurumsaroy, Toshkent, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo kabi kulolchilik maktablari kulolchilikning asosiy markazlariga aylandi. Ular bir-biridan mahsulot yasalishi, naqshlari, rangi va shakllari bilan ajralib turadi”, – deydi fond vakillari.
YUNESKO Bosh konferensiyasining 2025 yilgi sessiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadi.







