O'zbekiston

AI-80 va AI-92 benzinlarini ishlab chiqarish ikki baravarga oshirilmoqda

Umumiy ishlab chiqarish hajmi kuniga 1000 tonnagacha yetkaziladi.

AI-80 va AI-92 benzinlarini ishlab chiqarish ikki baravarga oshirilmoqda

 

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.

 

Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg‘i talab qiladigan palla - qish mavsumida yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.

 

"Saneg" kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Latipov Habib benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilganini alohida ta’kidladi.

 

"Bugungi kunda zavod texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqmoqda, uskunalarning optimal ish parametrlarini belgilamoqda. Benzin ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ham erkin bozor narxini shakllantirishga xizmat qiladi", - dedi Latipov.

custom img

Saida Mirziyoyeva Londonda siyosatchilar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda UzNIF fondining xalqaro bozorga chiqishi, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar va o‘zbek kompaniyalarining global bozorlarga integratsiyasi masalalarini muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva London fond birjasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda  o‘zbek kompaniyalarini global bozorlarda faoliyat yuritishga tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

custom img

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 33 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

custom img

10 ming qadam uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushgan — Ekoqo‘mita

“Eko-faol fuqaro” platformasi 1-maydan faoliyat boshlagan bo‘lib, uni App Store va Play Market orqali yuklab olish mumkin.

custom img

O‘zbekiston aksiyalari ilk bor xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi

IPO jarayonida “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlar ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

custom img

Namanganda “Media haftalik” boshlandi

"Media haftalik" 22-mayga qadar davom etadi.

custom img

Inson huquqlari sohasida yosh tadqiqotchilarni tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda

Ushbu loyiha doirasida 18-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida xalqaro ekspert professor Polin Yakobsning ommaviy maʼruzasi tinglandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"