Sport

Emeri jamoasining muvaffaqiyat siri nimada?

Klub ayni vaqtda APLda peshqadamlar orasida bormoqda.

Emeri jamoasining muvaffaqiyat siri nimada?

"Aston Villa" bir vaqtning o‘zida ajoyib rekord o‘rnatdi. Shanba kuni “Arsenal” Angliya chempionatida peshqadamlikni boy berdi. Jamoa o‘z maydonida “Aston Villa”ni mag‘lub eta olmadi. Uchrashuvni mezbonlar ancha kuchli boshlashdi. “Arsenal”ning pressingi avvaliga ish bermadi. "Aston Villa" futbolchilari esa bu bosimni yengib o‘tishdi va ular ham hujum qilishni boshlashdi. Makginning yettinchi daqiqada urgan goli esa yakunda jamoaga g‘alaba keltirdi.

 

“Arsenal” futbolchilaridan birortasi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsada Emeri qo‘llagan chiroyli taktika barchasini "Aston Villa" tarafiga hal qildi. Tezkor paslar Makginning o‘zida bir nechta yaxshi imkoniyatlar yaratishga sabab bo‘ldi.

 

Birinchi bo‘limning oxirida chap qanotdan qilingan hujumlar evaziga “Arsenal” ustunlikka ega bo‘ldi. Bir epizodda jamoa uyushtirgan hujum natijasida to‘p deyarli darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi. Chap qanotdan bo‘lgan yana bir uzatmadan so‘ng tashkil etilgan hujum ham natijasiz yakunlandi.

 

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi shunday shiddatli davom etdi. Hamda yana mehmonlarda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, to‘p “Villa” jamoasining darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi. So‘ngra Saka gol urdi, ammo ingliz futbolchisi biroz ofsaydda qolgani uchun gol bekor qilindi. “Arsenal” bosh murabbiyi qo‘ldan boy berilgan vaziyatlarni ko‘rib, yuzini changalladi. Arteta o‘yinda sariq kartochkalar sababli diskvalifikatsiya qilindi.

 

“Arsenal”da qaytish uchun yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi (12 zarba, beshtasi aniq), lekin gol ura olmadi. Ayni vaqtda APL turnir jadvalida “Arsenal”dan bir ochko oldinda borayotgan «Liverpul» yetakchilik qilmoqda. "Aston Villa" esa amaldagi chempionni ham, vise-chempionni ham uch kun ichida mag‘lub etib, jadvaldagi o‘rnini mustahkamlab oldi. Shu bilan birga, ular uy uchrashuvlarida qatorasiga 15-g‘alabasini qo‘lga kiritishdi. Bu top bo‘lmagan klublar uchun eng ajoyib rekord hisoblanadi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

custom img

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Argentinalik jurnalistga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi jamoadoshlariga Ispaniya bilan bahs uning terma jamoa safidagi so‘ngi o‘yini ekanini aytgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"