Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan samolyot favqulodda qo‘ndi
Bunga bortda yo‘lovchilardan biri zo‘ravonlik qilgani sabab bo‘lgan.

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Holat bugun, 11-dekabr kuni soat 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo‘lgan. Boeing 787 havo kemasi sardori yo‘nalish bo‘ylab muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan. 1991 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan olib chiqilgan.
Kerakli protseduralar amalga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.
HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.







