O'zbekiston

Toshkentda psixotrop dori sotuvchilar ushlandi

Tezkor tadbirda jami 5 kishi qo‘lga tushgan.

Toshkentda psixotrop dori sotuvchilar ushlandi

Toshkentda amalga oshirilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” davomida giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.

 

Jumladan, 6 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida 2001 yilda tug‘ilgan Muhammadiyev Sharifjon Shuxrat o‘g‘li boshqaruvidagi SPARK rusumli avtomashina xolislar ishtirokida tekshirilganda, 173 dona «Regapen» nomli hamda 160 dona «Amino-metil» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Shu kuni Uchtepa tumanida 1994 yilda tug‘ilgan Abdukayumov Xusniddin Shamsiddinovich boshqaruvidagi NEXIA-3 rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina salonidan 32 dona «Tropikamid» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, Chilonzor tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan Baxmatov Pavel Igorevichning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda 150 gramm sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, qadoqlashga mo‘ljallangan paketlar hamda giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga mo‘ljallangan turli vositalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

8 dekabr kuni Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida 1982 yilda tug‘ilgan Urinbayev Ikromiddin Muxamadaliyevich boshqaruvidagi SOBALT rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda 8 gramm «gashish» giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

9 dekabr kuni Uchtepa tumanida 1996 yilda tug‘ilgan Yunusov Temur Timurovich to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda yonidan 19 dona bo‘laklarga qadoqlangan sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"