Toshkentda 7 nafar avtobus haydovchisi ishdan olindi
Ular harakat vaqtida telefondan foydalangani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Kecha, 11 dekabr kuni «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi Anvar Jurayev tomonidan avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa telefonidan foydalanish holati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Reyd natijalari bo‘yicha 7 nafar haydovchi avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanayotganligi aniqlangan. Amaldagi yo‘l harakati qoidalari va korxona ichki mehnat tartib qoidalarini buzganligi uchun 7 nafar haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.







