Eng dolzarb

Dunyoda har daqiqada ikki kishi YTH oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda

JSST bolalar va yoshlar o‘rtasidagi o‘lim holatlarining asosiy sababini maʼlum qildi.

Dunyoda har daqiqada ikki kishi YTH oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan navbatdagi global hisobot bolalar va yoshlar o‘rtasida yuz berayotgan o‘lim holatlarining asosiy sababi tahliliga bag‘ishlandi.

 

Unda qayd etilishicha, dunyoda har daqiqada ikki kishi yo‘l-transport hodisalari oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda. Bu holat 5 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan o‘lim ko‘rsatkichlarining asosiy omili bo‘lib qolyapti.

 

Tahlillarga ko‘ra, 2010-2021 yillar davomida faqat 10 ta davlat yo‘l-transport hodisalaridan o‘lim ko‘rsatkichlarini 50 foizdan ko‘proq qisqartirishga erishgan.

 

Ular safida Belarus, Daniya, Yaponiya, Litva, Norvegiya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi. Shuningdek, yana 35 mamlakatda 30-50 foiz pasayish tendensiyasi kuzatilgan.

 

Yo‘l-transport hodisalarining eng ko‘p soni – 28 foizi Janubi-Sharqiy Osiyo, eng kami – 5 foizi Yevropa mintaqasida qayd etilgan. Har 10 o‘lim holatidan 9 tasi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda sodir bo‘lmoqda.

 

Bu kabi halokatlar qurbonlarining 53 foizi yo‘l harakatining "zaif qantashchilari"dir. Ular quyidagilar:

 

23 foizi — piyodalar;

 

21 foizi — ikki yoki uch g‘ildirakli mototsikl haydovchilari;

 

6 foizi — velosipedchilar;

 

3 foizi — elektron skuter kabi mikromobil vositalar boshqaruvchilari.

 

Yengil avtomashinalar haydovchilarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq hodisalar esa birmuncha kamaygan va dunyodagi umumiy o‘lim ko‘rsatkichining 30 foizini tashkil etmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"