Shahnoza Mamajonova Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi
BAAda para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Quvonarlisi, bugun 50 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha aralash dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Shaxnoza Mamajonova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa Fransiya va Avstraliya sportchilari joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, vakilimiz bundan avvalroq ushbu musobaqaning 10 metr masofaga to‘pponchadan otish dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.







