O'zbekiston

Turkiy davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi

Аsosiy eʼtibor tashkilotning 2022-yildagi Samarqand sammitida imzolangan Turkiy davlatlar o‘rtasida Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risida Bitimni hayotga tatbiq etishga qaratildi.

Turkiy davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi

 

Avvalo, taʼkidlash joizki, mazkur nufuzli xalqaro tadbirda tashkilotga aʼzo Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston hamda kuzatuvchi davlat - Vengriya bojxona xizmati rahbarlari, Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati ishtirok etdi. Shuningdek, Gruziya bojxona xizmati rahbari faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

 

Mehmonlar dastlab Bojxona qo‘mitasining zamonaviy Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va Markaziy bojxona laboratoriyasi bilan tanishib, mamlakatimizda bojxona sohani raqamlashtirish yo‘nalishida erishilgan eng ilg‘or yutuqlarni eʼtirof etishdi.

 

Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlarining 9-yig‘ilishi asosiy eʼtibor tashkilotning 2022 yildagi Samarqand sammitida imzolangan Turkiy davlatlar o‘rtasida Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risida Bitimni hayotga tatbiq etishga qaratildi.

 

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti hududida yagona tranzit tarmog‘ini shakllantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bunda TIR Konvensiyasining elektron tartiboti - eTIR xalqaro tizimini tashkilot hududida to‘liq qamrab olish muhim. Bu esa eng avvalo tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi hajmini oshirish, ushbu jarayonda sarflanadigan vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ushbu xalqaro tizimga Ozarbayjon, O‘zbekiston va Gruziya qo‘shilgan bo‘lib, 2022 yil dekabr oyida dunyoda ilk bor Ozarbayjon va O‘zbekiston birinchi eTIR tashuvini amalga oshirgan.

 

Yig‘ilishda Bojxona qo‘mitasi Raisi Akmalxo‘ja Mavlonov eTIR tashuvlari bo‘yicha mintaqaviy o‘zaro hamkorlikka xizmat qiluvchi Ekspertlar ishchi guruhini tashkil etish taklifini ilgari surdi.

custom img

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qullab, sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"