Mening telefon raqamim o‘zgarmadi — Makron
Fransiya Prezidenti Putin bilan aloqalarni davom ettirishga tayyorligini aytdi.

Fransiya rahbari Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Yevropa Ittifoqi sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Putin jiddiy takliflarga ega bo‘lsa va xalqaro huquq asosida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishadigan muloqotni davom ettirishga tayyor bo‘lsa, Fransiya har doim yordam beradigan va natijaga erishish uchun saʼy-harakatlarini ayamaydigan davlat bo‘lib qoladi.
Prezident, shuningdek, telefon raqami o‘zgarmaganini ham qo‘shimcha qilgan.







