O'zbekiston

O‘zbekistonda 14 ta “Kichik biznesga ko‘maklashish hududiy markazlari” tashkil etildi

Ushbu markazlarda kichik biznes loyihalarini tanlash, tashabbuskorlarni o‘qitish bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda 14 ta “Kichik biznesga ko‘maklashish hududiy markazlari” tashkil etildi

 

Bugun, 15 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 18 avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida kichik biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

 

Mazkur muloqotda qayd etilgan vazifalarni o‘zida jamlagan va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga oid yaqin va uzoq istiqboldagi maqsadlarni aks ettiruvchi muhim hujjatlar qabul qilindi.

 

Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori biznes sohasi rivoji uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi.

 

Qarorga asosan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “uzluksiz xizmatlar zanjiri”ni yaratish maqsadida “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi”ni amalga oshirish belgilandi.

 

Dasturni 2023-2026 yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6 trln. so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki Dasturni amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank sifatida belgilangan.

 

Matbuot anjumanida bank tomonidan Dastur ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan va kelgusida ko‘zda tutilayotgan chora-tadbirlar, Dastur ishtirokchilarini tanlab olish tartibi va moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash dastaklari haqida axborot berildi.

 

Xususan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB taʼsischiligida “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” va Jamg‘arma tarkibida hududlarda 14 ta “Kichik biznesga ko‘maklashish hududiy markazlari” tashkil etilgani qayd etildi.

 

Ushbu markazlar orqali kichik biznes loyihalarini tanlash, tashabbuskorlarni o‘qitish, moliyalashtirish, axborot bilan taʼminlash, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, bozor topish bilan bog‘liq kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi.

 

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

 

Shu bilan birga, asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish vazifalari belgilangan bo‘lib, bunda, 100 million so‘mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish amaliyoti tatbiq etiladi.

 

Shuningdek, konsultativ qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojxona va soliq maʼmuriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish, davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish vazifalari amalga oshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, 2024-2026 yillarda bank bo‘yicha:

 

  • kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ini 1,7 baravarga oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizga yetkazish;

  • 150 mingta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish;

  • kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jami 800 million AQSH dollarigacha miqdorda resurslar jalb qilish;

  • 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish vazifalari belgilangan.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"