Quyoshda so‘nggi 6 yil ichidagi eng kuchli chaqnash yuz berdi
Bugun Yerda kuchli magnit bo‘ronlari kutilmoqda.

14 dekabr kuni Quyoshda X2,8 intensivlikdagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi.
"Bizga eng yaqin yulduzda bunday intensivlikdagi chaqnash oxirgi marta 2017 yilda qayd etilgan», deyiladi xabarda.
NASA ham xuddi shunday intensivlikdagi kuchli chaqnash haqida yozdi.
"Quyoshdagi chaqnashlar M1 dan X20 gacha bo‘lgan darajalarga tasniflanadi. M yoki X intensivlik sinfini, raqam esa chaqnash kuchini bildiradi. M1 — kichik chaqnash, M5 — o‘rtacha, X1–X10 kuchli, X20 ekstremal.
Quyoshdagi chaqnashlar odatda magnit bo‘ronlariga sabab bo‘ladi. Bu safargi chaqnash R3 (kuchli) darajasida baholangan. Bu past chastotali radioaloqadagi nosozliklarga olib kelishi, bu esa, o‘z navbatida, kemalar va samolyotlarning holatini aniqlashda xatolarga sabab bo‘lishi mumkin".
Magnit bo‘ronlari surunkali kasalliklar va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan og‘rigan odamlarning ahvoliga salbiy taʼsir qiladi, past qon bosimi, anemiya, bronxial astma va eski jarohatlar bilan og‘rigan odamlar ham bezovtalikdan shikoyat qilishi mumkin.







