Jahon

Misrda as-Sisi uchinchi bor prezident etib saylandi

U ilk bor 2014 yilda davlat rahbari bo‘lgan edi.

Misrda as-Sisi uchinchi bor prezident etib saylandi

Misr milliy saylov komissiyasi ketma-ket uch kun (10–12-dekabr) davomida o‘tkazilgan 2024-yilgi prezidentlik saylovlari natijalarini e’lon qildi. Prezidentlikka nomzod Abdulfattoh as-Sisi jami 39 million 702 ming 451 ovoz to‘plab, saylovda ovozlarning 89,6 foizini olgan holda g‘alaba qozondi.

 

Saylov jarayonida amaldagi prezidentdan tashqari uchta partiyadan nomzod ishtirok etdi, ular to‘plagan ovozlar quyidagicha:

 

  • “Respublika xalq partiyasi” yetakchisi Hazim Umar 1,9 million ovoz (4,5 foiz);

  • “Vafl” liberal partiyasi yetakchisi Abdulsanad Yamama 822,6 ming ovoz (1,9 foiz);

  • “Misr sotsial-demokratik partiyasi” raisi Farid Zahron 1,7 million ovoz (4 foiz).

 

Hukumatning xabar berishicha, 489,3 ming ovoz yaroqsiz deb topilgan, bu umumiy ovozlarning 1,1 foizini tashkil qiladi.

 

As-Sisining birinchi muddati 2014-yilda Muhammad Mursiy va “Musulmon birodarlar” islomiy tashkiloti hokimiyatdan chetlatilganidan keyin boshlangan.

 

2018-yilda as-Sisi ikkinchi muddatga qayta saylangan. 2019-yil aprel oyida referendum bo‘lib o‘tdi, unda Misr prezidentiga yangi muddatga o‘z nomzodini qo‘yish va vakolat muddatini to‘rt yildan olti yilgacha oshirish imkoniyatini beruvchi tuzatishlar qabul qilindi.

custom img

Xitoyga “Delfin” tayfuni yopirildi: 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat oqibatida olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

custom img

Kuba energetika inqirozi fonida quyosh energiyasiga o‘tishni tezlashtirmoqda

Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida 59 ta quyosh elektr parki qurilgan, hukumat esa ularning sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

custom img

Rossiyaning yana 11 hududida migrantlar uchun “Amina” ilovasi majburiy bo‘ladi

"Amina” mobil ilovasi ishlatmagan migrant migratsiya rejimini buzgan deb hisoblanib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

custom img

Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy aks etgan video e’lon qilindi

Lavha qachon va qayerda suratga olingani ma’lum qilinmagan.

custom img

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

custom img

BAA Eronni ADNOC tankeriga Hormuz bo‘g‘ozida raketa bilan zarba berishda aybladi

Hujum ortidan Fors ko‘rfazi davlatlari Eronni qoralab, bo‘g‘ozni xalqaro kemalar qatnovi uchun ochiq saqlashga chaqirdi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHdan kompensatsiya talab qilmoqda

Tehron va Oman bo‘g‘oz orqali vaqtinchalik kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda.

custom img

Lionel Messining otasi vafot etdi

Xorxe Messi Lionel Messining futbolchilik faoliyati davomida uning vakili va agenti sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"