O'zbekiston

Samarqandda haydovchi o‘quvchini urib yuborib qochib ketdi

Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Samarqandda haydovchi o‘quvchini urib yuborib qochib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi mahallaning ichki ko‘chasida qora rangli “Jentra” tez harakatlanib kelib, o‘quvchilardan birini urib yuborgani va voqea joyidan ketib qolgani tasvirlangan video tarqaldi

 

Videoda ko‘chani uch nafar o‘quvchi kesib o‘tayotgani, “Jentra” kelib qolganda ularning ikki nafari o‘zini olib qochgani va bir nafarini mashina urib uchirib yuborganini ko‘rish mumkin.

 

Unda aytilishicha, hodisa 2023 yil 18 dekabr kuni soat 17: 25 larda Samarqand tumani "Ravonak" MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan.

 

Yo‘lni kesib o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan 7-sinf o‘quvchisini davlat raqami 30 O 641 AB bo‘lgan “Jentra” urib yuborgan va haydovchi voqea joyidan ketib qolgan.

 

Oqibatda, maktab o‘quvchisi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

 

YPX xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida haydovchi va transport vositasi topilgan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"