Jahon

3 oy suv ostida qolgan telefon yana ishlay boshladi

Qurilma yarim soatgina suvda ishlab tura olardi.

3 oy suv ostida qolgan telefon yana ishlay boshladi

Kaliforniya shtatida 3 oy oldin daryoga tushib ketgan telefon olib chiqildi va u qayta ishlay boshladi. Vaholanki, smatfon 6 metr chuqurlikdagi suvga 30 daqiqagina bardosh bera olardi.

 

Gap shundaki, Stanislaus daryosini tozalayotgan Li ismli g‘avvos ish vaqtida suv o‘tlariga o‘ralib qolgan iPhone 12 smartfonini topib oladi. U telefonni suvdan chiqarib, olti kun davomida quritadi. Shundan so‘ng u telefonni zaryadlovchiga ulaganda, qurilma ishlab ketgan.

 

Hayratlanarlisi, telefonga parol o‘rnatilmagan edi. Unda galereyadagi rasmlarni va kontaktlarni bemalol ko‘rish mumkin edi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, telefondagi so‘nggi video 4 sentyabr kuni xuddi shu daryoda olingan. Bu iPhoneʼning taxminan uch oy davomida suv ostida qolganini ko‘rsatadi.

 

Li qurilmani egasiga qaytarish uchun telefonda ko‘rsatilgan ayrim kontaktlar bilan bog‘lanishni rejalashtirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"