Jahon

Altsgeymer kassaligining yangi belgisi topildi

U vaqtni idrok etish bilan bog‘liq.

Altsgeymer kassaligining yangi belgisi topildi

 

Italiyaning Rim universiteti olimlari Altsgeymer kasalligining rivojlanish xavfini aniqlash uchun yangi test ishlab chiqdi. U vaqtni idrok etishni baholashga asoslanadi.

 

Altsgeymer kasalligining dastlabki bosqichlarida bemorlarda vaqtni idrok etish buzilishi kuzatiladi. Ular uning borishidan xabardor bo‘lishni to‘xtatadilar va voqealarni to‘g‘ri xronologik tartibda tartibga sola olmaydilar.

 

Olimlarning taʼkidlashicha, bu holat aniq alomatlar paydo bo‘lishidan oldin boshlanishi mumkin. Mazkur o‘zgarishlar katta ehtimol bilan xotira susayishi bilan bog‘liq.

 

Tadqiqotda turli darajadagi kognitiv buzilishlari bo‘lgan 33 kishi, Altsgeymer kasalligi tasdiqlangan 13 kishi va 17 sog‘lom odam ishtirok etdi. Ko‘ngillilarning yoshi 55 yoshdan 86 yoshgacha bo‘lgan.

 

Ishtirokchilarga qizil to‘pning shaffof chashka ichiga va tashqarisiga maʼlum vaqt oralig‘ida sakrab tushishi aks etgan video namoyish etildi. Video olti marta ko‘rsatildi va yettinchisida ko‘ngillilar to‘p konteynerdan qachon sakrashi kerakligini aytishi kerak edi.

 

Aniqlanishicha, Altsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlar vazifani eng yomon bajargan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu gippokamp faoliyatidagi buzilishlar bilan bog‘liq.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"